Yordam

Ko‘p so‘raladigan savollar

Uzbekhub bepulmi?

Ha. Chat, guruh, kanal, qo'ng'iroq, stories va reels — hammasi bepul. Premium obuna ixtiyoriy: u qo'shimcha imkoniyatlar beradi, asosiy funksiyalarni cheklamaydi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ulanish TLS bilan shifrlanadi, parollar qaytarib bo'lmaydigan usulda saqlanadi, seanslarni istalgan qurilmadan uzib qo'yish mumkin. Telefon raqamingiz kimga ko'rinishini o'zingiz tanlaysiz. Uchinchi tomonlarga ma'lumot sotilmaydi. Xabarlar uchtan-uchga (end-to-end) shifrlanmaydi — server ularni saqlaydi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

iPhone, Android va brauzerda. Apple Silicon protsessorli Mac'larda App Store orqali o'rnatiladi. Bitta hisob bilan bir nechta qurilmada ishlash mumkin.

Ilovada nimalar bor?

Shaxsiy va guruh suhbatlari, kanallar, ovozli va video qo'ng'iroqlar, qisqa videolar (Reels), stories, postlar va so'rovnomalar. Ovozli surat (rasm va ovoz bitta xabarda), dumaloq video xabar, birga video ko'rish va yaqin atrofdagi foydalanuvchilarni topish ham bor.

Uzbekhub Telegramdan nimasi bilan farq qiladi?

Uzbekhub O'zbekistonda, o'zbek tilida va o'zbek foydalanuvchisi uchun qurilgan. Interfeys to'liq o'zbekcha; yaqin atrofdagilarni topish, ovozli surat, birga video ko'rish va donat kabi imkoniyatlar boshqa messengerlarda yo'q.

Hisobimni qanday o'chiraman?

Ilovadagi Sozlamalar bo'limidan hisobni o'chirish mumkin. O'chirilgandan so'ng xabarlaringiz va postlaringiz qaytarilmaydi.

Javob topmadingizmi?

Telegram kanalimizga yozing yoki ilova ichidagi yordam bo‘limidan murojaat qiling.