"Mas'uliyatliman, tirishqoqman, jamoada ishlay olaman". ๐ Rezyumeda bunday jumlalarni ko'rmagan HR mutaxassisi kam bo'lsa kerak. Ammo bu sifatlarni istalgan odam yozishi mumkin. Ish beruvchiga esa siz amalda nimalar qilganingiz qiziq. Masalan, Toshkentdagi o'quv markazida administrator bo'lib ishlagan talaba rezyumesiga "Mijozlar bilan yaxshi ishlayman" deb yozdi. Buni aniqroq ifodalash mumkin: "O'quvchilarning murojaatlariga javob berdim, dars jadvalini tuzdim va yangi o'quvchilarni ro'yxatdan