47 ming so'm. Azizbekning kartasida qolgan bor pul shu edi. Toshkentdagi yotoqxonada u domen sotib oldi-da, sherigi Javohirga quvonib qaradi. • Zo'r! Endi saytimizning manzili bor! • Aziz, bu pulga ikkalamiz tushlik qilmoqchi edik-ku! • Lekin endi startapimiz bor. • Startapingni oshxonada yeb bo'ladimi? 😅 Javohirning kulgisi kelmadi. Azizbek ham indamadi. Hali birorta mijozlari yo'q edi. Sayt kimga kerakligini ham hech kimdan so'rab ko'rishmagandi. Shu payt Javohir telefonini stolga qo'ydi: • D