Ba'zan do'stingizga "yo'q" deyish unga yordam berishdan ham qiyin tuyuladi. Chunki uni xafa qilishdan yoki munosabatlaringiz sovib qolishidan qo'rqasiz. Bunday holat boshqalarga yoqishga intilish bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ammo har bir iltimosga rozi bo'lish mehribonlik degani emas. Masalan, do'stingiz biror topshirig'iga yordam so'radi, lekin o'zingizning ishlaringiz ko'p. Bunday vaziyatda: "Bugun vaqtim yo'q, ertaga yordam bera olaman", deb aytishingiz mumkin. Bu do'stingizni rad etish ema