Telegram paydo bo'lganida oddiy SMS-kod bilan kirish yetarli edi. Lekin firibgarlar mobil operatorlar yoki soxta havolalar orqali bu kodlarni qo'lga kiritishni o'rgandi. Shundan so'ng ilovaga qo'shimcha parol qo'yish tizimi, ya'ni ikki bosqichli tasdiqlash joriy etildi. Birov SMS-kodingizni bilib olgan taqdirda ham, u shaxsiy parolingizni bilmasa akkauntga kira olmaydi. Himoyani yoqish uchun Telegram sozlamalaridan "Maxfiylik va xavfsizlik" bo'limiga o'ting va "Ikki bosqichli tasdiqlash" funksiy