Nega bizda shunaqa? Inson vafot etganidan keyin ehsonlar, "osh"lar berish mol-qo'y so'yish shartmi? Shu xarajatlarni u hayotligida, duosini olib, ko'nglini ko'tarish uchun qilsak bo'lmasmidi? Kechiring meni bobo. Siz hayotligingizda, o'sha siz yegingiz kelgan narsalarni olib berishga, sizni borgingiz kelgan joylarga olib borishga yetarlicha pulim bo'lmagani uchun hozir yeg'lagim kelyapti. Yaqinlarimizni tirikligida qadrlashni, borida mehr berishni o'rgaylik. Aks holda biz mehr berishni istagan p