Kechasi soat uchda kofening oxirgi qultumini yutib, odamlarning TikTok'dagi "baxtli hayot" trendlarini tomosha qilish g'alati tuyg'u beradi. Filtrlar va yasama kulgilar ortiga yashiringan mukammallikdan ko'ra, ko'z ostidagi mana bu talabalik qorayishlari ancha samimiyroq va realroq shekilli. Axir o'zimizni aldashni qachondan beri san'at darajasiga chiqara boshladik?