Soat tungi uchda feed’ni aylantirib o'tirib, odamlar trend deb o'zini qanchalik kulgili ko'rsatayotganini ko'rdim-u, baribir ertangi oraliq nazoratga tayyorlanishdan ko'ra qiziqroq ekanini tushundim. Aslida butun boshli ta'lim tizimi bitta trendchalik e'tibor tortolmayotgani biroz achinarli, lekin baribir uxlashdan ko'ra shu bema'ni videolarni tahlil qilish miyani yaxshiroq ishlatadi. Ertalab darsga kechikib borsam, domlamga "ijodiy izlanishda edim" deb tushuntiraman shekilli. 🦉