Ey nafsim! O‘zingni aqlli deb da’vo qilasan, lekin seni ahmoq deganlarga jahl qilasan. Aslida sendan ham ahmoqroq kim bor? Umringni behuda narsalar bilan o‘tkazasan, o‘ynab-kulib, ermak bilan behuda ishlar bilan shug‘ullanasan. Sening ahvoling davlat sarbozlari izlayotgan va topilsa qatl qilinishi aniq bo‘lgan qotilga o‘xshaydi. U esa o‘lim soyasi ostida bo‘lsa-da, hali ham o‘yin-kulgi bilan mashg‘ul. Bundan ham ahmoqroq odam bo‘lishi mumkinmi? Vaholanki, o‘lim yaqinlashmoqda, jannat yoki do‘zax