🪐 Venerada bir kun bir yildan ham uzun! Yerda bir sutka 24 soat. Venera esa o'z o'qi atrofida bir marta aylanishi uchun 243 Yer kunini sarflaydi. Quyosh atrofini esa 225 Yer kunida aylanib chiqadi. Demak, Veneraning o'z o'qi atrofida aylanish davri uning yilidan ham uzun! Yana qizig'i, Venera Yerga qarama-qarshi yo'nalishda aylanadi. Shu sababli u yerda Quyosh g'arbdan chiqib, sharqdan botadi. Ammo bir quyosh chiqishidan keyingisigacha 117 Yer kuni o'tadi. Ya'ni Veneraning o'z o'qi atrofida ayl