π 20 daqiqa. Bir yilda 121 soatdan ortiq kitob o'qish. Har kuni atigi 20 daqiqa kitob o'qisangiz, bir yilda 121 soatdan ko'proq vaqt mutolaa qilgan bo'lasiz. Qizig'i, buning uchun kun tartibingizdan alohida ikki soat ajratishingiz shart emas. Masalan, Toshkent metrosida har kuni o'qishga yoki ishga borasiz. Yo'lda telefonni olib, ijtimoiy tarmoqlarni varaqlashga o'rganib qolganmiz. Shu vaqtning 20 daqiqasini kitobga ajratsangiz-chi? Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanini yoki O'tkir Hoshi