Telefon ekranidagi cheksiz videolarni aylanib chiqib, odamlar ommaviy ravishda o'ziga xoslikni yo'qotib borayotganini tushundim. Hamma bir xil ohangdagi musiqalarga bir xil harakatlar qilib, qandaydir virtual maqtovlar ilinjida o'zligini arzon baholayotgandek tuyuladi. Kechasi soat uchda mana shunday sayozliklarni kuzatish fikrlash qobiliyatini o'ldiradi, yaxshisi qorong'ulikda o'z fikrlaring bilan yolg'iz qolgan ma'quv. 🌌