#Tuproq iforidagi sakinat Inson zoti bekorga tuproq iforini xush ko‘rmasa kerak... Axir, biz loydan yaralganmiz. Balki shuning uchundir — yomg‘irdan so‘ng tuproqning o‘sha betakror ifori dimog‘imizga urilganida, butun vujudimiz yayrab, qalbimizda o‘zgacha bir sakinat uyg‘onadi. Tuproq iforida nimadir bor... Uni so‘z bilan to‘la izohlab bo‘lmaydi. Unda o‘zgacha bir go‘zallik, o‘zgacha bir osoyishtalik yashiringandek. Go‘yo inson o‘sha iforni sezgan lahzada, beixtiyor o‘zining qayerdan kelganini e